Mourino tarkibni tozalaydi. “Roma”ning qaysi o‘yinchilariga kimlar xaridor?

  • 1 yanvar, 2022, 18:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino anchadan beri “Roma”ning hozirgi tarkibi yuqori maqsadlar uchun kurashishga qodir emasligini ta’kidlab keladi. Klub rahbariyati ham uning bu fikrini qo‘llab-quvvatladi. Sport direktori Tyago  Pintoning zimmasida katta yuk turibdi. Bu mutaxassis bosh murabbiyga ma’qul kelmagan o‘yinchilarni boshqa  jamoaga o‘tkazishi va ularning o‘rniga Mourino talablariga javob beradigan ijrochilarini olib kelishi lozim.

Tecno

Sports.uz portali “Roma” futbolchilariga qaysi jamoalardan takliflar bo‘layotgani haqida ma’lumot beradi.

Federiko Fasio

Argentinalik tajribali futbolchiga “Napoli” xaridor bo‘lmoqda. Neapol jamoasi himoyasida kadrlar muammosi kuzatilmoqda. Kostas Manolas klubni tark etdi, etakchi himoyachi Kalidu Kulibali jarohat oldi. Tuzalgan taqdirda ham bir oy mobaynida Senegal terma jamoasi safida Afrika Millatlari kubogida ishtirok etish uchun jo‘nab ketadi.

“Napoli” xo‘jayinlari bu muammoni “Roma”da joriy mavsumda biror marta o‘ynamagan Federiko Fasio yordamida hal qilmoqchi.

Fasio 2017 yili “Roma”ga kelgunga qadar, “Tottenxem” va “Sevilya”da yaxshi o‘ynagan. Rimdagi faoliyatining dastlabki qismi ham ko‘ngildagidek edi. Mourino esa argentinalik futbolchiga umuman ishonch bildirmayapti.

“Napoli” Fasio transferini 500 ming evroga hal qilishi mumkin.

federico-fazio-as-roma-1521645627-14593

Borxa Mayoral

“Real” tarbiyalanuvchisi ichki raqobatda Eldor Shomurodovga qarshi tura olmadi. Bir-ikki yorqin o‘yin ko‘rsatgani Mourinoning ishonchini qozonishga etarli bo‘lmadi.

Borxa Mayoral katta ehtimol bilan yanvarda Rimdan ketadi.  

“Real” ham unga asosiy tarkibdan joy bermasligi aniq. Hozircha ispan hujumchisida A Sekriyadan ikkita va Angliya premer-ligasidan bitta taklif bor.

“Fiorentina” va “Kalyari” 24 yoshli forvardni ijaraga berishni so‘ramoqda. “Kristal Pelas” esa Borxani to‘liq transfer qilmoqchi. Madridliklar uni “Roma”dan qaytarib olib, “Kristal Pelas”ga sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

1635455368_mayoral5_1

Feliks Afena-Gyan

18 yoshli hujumchi Afena-Gyan bosh murabbiy Joze Mourinoning kashfiyoti hisoblanadi. Professional darajada endiga besh marta o‘ynagan hujumchi ikkita gol urishga ham erishdi.

U Rim klubida asosiy tarkibga kirish uchun Gana milliy terma jamoasining taklifini qabul qilmadi va Afrika Millatlari kubogida ishtirok etish o‘rniga Mourino mashg‘ulotlarida ter to‘kishni ma’qul topdi.

Iste’dodli futbolchiga “Sassuolo” xaridor bo‘lyapti. Ular yosh o‘yinchini mavsumning ikkinchi qismi uchun ijaraga olishni rejalashtirgan.

105945_m_1

Gonsalo Vilyar

23 yoshli yarim himoyachi ham Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabining ishonchiga kira olgani yo‘q. Vilyar A Seriyada umuman maydonga tushmadi. Olti marta Konferentsiyalar ligasi bellashuvlarida ko‘rinish bergan bo‘lsa-da, hech narsani qoyillatgani yo‘q.

Shunga qaramay, ispan futbolchisiga “Selta” va “Elche”dan chorlov bo‘lyapti. Bu borada “Selta”ning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Transfer summasi 14 million evroni tashkil qilayotgan Gonsaloga yana ikki jiddiy xaridor bor. “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone bu o‘yinchini Madridga olib kelmoqchi. Shuningdek, Italiya chempioni “Inter” ham Vilyar atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

GettyImages-1236365607

Marash Kumbulla

21 yoshli himoyachi imkon qadar Mourino ishonchini oqlashga harakat qilmoqda. Biroq yoshligi sababli raqobatda ortda qolayotgani ham bor gap.

Albaniya terma jamoasi o‘yinchisi hisoblangan Marash yaqinda klub sport direktori Tyagu Pintoga Rimda qolmoqchi ekanini aytdi.

Shunga qaramay, Kumbullaga “Napoli”, “Fiorentina”,  “Kalyari” va “Torino”dan taklif bor.

Kumbulla joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda qatnashdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Marash 22 million evro turadi.

kumbulla-1024x683

Davide Santon

Mourino kelganidan beri biror marta maydonga tushmagan italiyalik futbolchi ham yanvarda o‘ziga yangi ish joyi topishi kerak.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 30 yoshli o‘yinchiga “Kalyari” va Turkiya chempionati vakili “Fatih Karagyumryuk” jamoalaridan qiziqish bor.

Avvalroq, “Roma” mutasaddilari o‘z vaqtida “Inter”, “Nkasl”, “Chezena” kabi klublarda o‘ynagan himoyachini "Latsio"ga taklif qilgandi. Biroq, Rimning ikkinchi klubi ishsiz qlgan "bo‘ri"ga qiziqmadi.

1587931729_davide-santon-roma

Ana xolos! Shomurodovning raqobatchisi Angliyaga ketmoqda!

Shomurodovning narxi tushib ketdi...

Eldor Shomurodovning sherigi Odil Ahmedov o‘ynagan jamoa bilan kelishuvga erishdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!