“Roma” Ran'yeri bilan xayrlashdi
Italiyaning "Roma" klubi rasmiy saytida Klaudio Ran'eri klub boshqaruvi maslahatchisi lavozimini tark etgani haqida xabar berdi.
"Roma" Klaudio Ran'eri bilan hamkorlikni to'xtatganini tasdiqlaydi. Klub Klaudioga "Roma"ni rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi. U juda qiyin davrda jamoani boshqargan, uning sa'y-harakatlari uchun biz undan doimo minnatdor bo'lamiz.
Kelajakka nazar tashlar ekanmiz, aniq yo'nalishni ko'ramiz. Klub kuchli, uning qat'iy rahbariyati va aniq qarashlari bor. "Roma" har doim birinchi bo'ladi. Biz Jan Piero Gasperini rahbarligida o'sish, takomillashish va tariximizga munosib natijalarga erishishdek umumiy maqsad yo'lida davom etishimizga to'liq ishonamiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar