
“Roma” Shomurodovning raqobatchisidan ham voz kechdi
Bosh murabbiy Joze Mourino “Roma” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilmoqda. Qishki transferlar oynasi yopilguniga qadar poytaxt klubini Eldor Shomurodov, Matias Vina, Jastin Klyuyvert, Rik Karsdorp, Gonsalo Vilyar kabi o‘yinchilar to‘liq tark etishi kerak.
Italiya futbolini yoritayotgan manbalar portugaliyalik murabbiy tajribali hujumchi Stefan El-Shaaravi bilan ham xayrlashishga tayyorligini bildirgan.
30 yoshli o‘yinchining amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. Stefanning o‘zi Rimda qolish istagini bildirgan. Biroq, La Gazzetta dello Sport nashri Rim klubi mutasaddilari El-Shaaravining agentlari bilan uchrashuv rejalashtirmaganini aniqladi.
Bu klub xo‘jayinlari u bilan hamkorlikni uzaytirmasligidan dalolat beradi.
Stefan El-Shaaravi xuddi Eldor Shomurodov kabi zaxira o‘yinchini hisoblanadi. Joze Mourino o‘zi lozim topgan aksariyat vaziyatlarda italiyalik futbolchi foydasiga tanlov qilayotgan edi.
Shunga qaramay, Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabining Stefan El-Shaaraviga munosabati oshkor bo‘ldi. Endi bu o‘yinchi ham yozda o‘ziga boshqa ish joyi topishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar