“Roma”da yaxshi yangilik!

  • 8 yanvar, 2022, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sport direktori Tyago Pinto “Arsenal” yarim himoyachisi Ensli Meytlend-Naylz ijara shartnomasi bo‘yiycha “Arsenal” bilan kelishuvga erishilganini ma’lum qilib, bu transferni tasdiqladi

Tecno

- Biz Ensli Meytlend-Naylz shartnomasini rasmiylashtirishga juda yaqinmiz, - dedi Tyago Pinto taniyalia jurnalist Fabritsio Romanoga.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, rimliklar 24 yoshli  futbolchi uchun yarim mavsumga bonuslar bilan bir million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Manbalar, “Arsenal” mutasaddilari “Roma”ga o‘yinchini keyinchalik sotib olish huquqini bermagan va mavsum yakunlanishi bilan Ensli Londonga qaytadi.

“Arsenal” tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda barcha turnirlarda 11 ta uchrashuvda qatnashib, bitta golli pas uzatdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi.

Transfermarkt portaliya rim himoyachini 12 million evroga baholamoqda.

469282

Bu futbolchi ham hujumni, ham himoyani uddalaydi

Mourino maydon markazini kuchaytirishda davom etadi. Porutgaliyalik mutaxassis nishonidagi futbolchilardan biri “Portu” sharafini himoya qilayotgan Serjiu Oliveyradir. Bu o‘yinchiga Jozening agenti Jorje Mendesh xizmat ko‘rsatishi transferni ancha oson kechishini ta’kinlashi ta’kidlanmoqda.

Oliveyra Mourinoga bosh og‘rig‘i bo‘layotgan bir necha pozitsiyalarni yopishga qodirligi bilan e’tiborga tushgan. Portugaliyalik yarim himoyachi tayans zonasida muvaffaqiyatli o‘ynab, jamoaning himoyalanish qobiliyatini mustahkamlash barobarida o‘tkir hujum tashkil qilishda ham mahorat ko‘rsatib kelmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Roma” avval ham bu o‘yinchiga og‘iz solgan, lekin tomonlar transfer summasini kelisha olmagan edi.

Endi “bo‘rilar” 29 yoshli futbolchini yarim mavsumga ijaraga olib, keyinchalik uni to‘liq qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.

Transfermarkt mutaxassislari  15 million evroga baholagan Oliveyraning “ajdarlar” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Bu yarim himoyachi joriy mavsumda beshta gol va bitta assistni amalga oshirdi.

604961c452fafWD5LGp3iFV3jlCAO-1024x512

“Roma” Dzanolo bo‘yicha bir qarorga keldi

RIm klubi mutasaddilari jamoa tarbiyalanuvchisi Nikolo Dzanolo bilan yangi bitim imzolashga qaror qildi. Klub sport direktori Tyagu Pinto universal o‘yinchining agentlari bilan navbatdagi muzokaralarni o‘tkazdi.

22 yoshli futbolchining agenti Klaudio Vigorelliga poytaxtliklar shartlari yaxshilangan bitimni taqdim qilgan. Unga ko‘ra, “Roma” Dzanoloni uzoqroq muddatga olib qolmoqchi va shu maqsadda futbolchining maoshini ko‘tarishga qaror qilgan.

Yanvar oyi davomida tomonlar yana  bir bor uchrashib, shartnoma bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtaga tashlaydi va vaziyatni muhokama qiladi.

Dzanoloning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.

3227375-66064768-2560-1440_2

Biz zaxirada o‘tirib, maosh olganimiz ma’qul

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto oldida Joze Mourino foydalanmayotgan futbolchilardan qutilib, maosh fondini engillatish kabi murakkab vazifa ham turibdi.

Asosiy tarkibga kiritilmagan va Mourino tomonidan umumiy guruh mashg‘ulotlariga kiritilmayotgan himoyachilar – 31 yoshli Davide Santon va 34 yoshli  Federiko Fasio klubni tark etishga shoshilmayapti.

Bu ikki futbolchi umuman o‘yinlarga qo‘yilmayotgan bo‘lsa-da, jamoa bilan bitimni muddatidan oldin bekor qilishga ko‘nmayapti.

Har ikki himoyachi shartnomasi tugagunicha klubda qolib, individual tarzda mashq qilib yurishni ma’qul ko‘rmoqda.

Hozircha, ularga boshqa jamoadan jo‘yali taklif ham bo‘lgani yo‘q.

gettyimages-1052884088-1024x1024

“Roma” tez orada katta transferni e’lon qiladi

Yangi yilning birinchi golini Shomurodov urishi kerak yoxud “Milan” – “Roma” bahsiga oid 11 fakt

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!