“Roma”dan haydalgan yulduz raqib jamoaga o‘tadi

  • 28 mart, 2023, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar vaqtida Nikolo Dzanolo “Roma”ni tark etishga majbur bo‘lgandi. Vaziyatdan chiqish uchun Italiya terma jamoasi o‘yinchisi Turkiya chempionatiga yo‘l olishiga to‘g‘ri kelgan.

Tecno

Endi “Galatasaroy”dan yana A Seriyaga qaytish imkoniyati tug‘ildi.

Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha, “Milan” 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Milanliklar bu futbolchini “Real”dan olingan Brais Diasga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi. Chunki Dias mavsum yakunlanishi bilan Madrid klubiga qaytadi.

Nikolo Dzanolo turklar bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega. U Turkiya Superligasida ikkita uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!