
Roman Eremenko: Shomurodov mavsum davomida 20 ta gol ura oladi
“Rostov” klubi yarim himoyachisi Roman Eremenko kecha RPLning 5-turidan o‘rin olgan “Krilya Sovetov”ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng uchrashuvda yagona golga mualliflik qilgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida gapirib o‘tdi.
- Shomurodov bu mavsum 5ta turda o‘tgan butun mavsum davomidagidan ko‘proq gol urdi.
- Agar har bir o‘yinda unga bunday vaziyatlar yaratib berilmaganida u haliyam gol ura olmagan bo‘lardi (kuladi). Umid qilamizki uning golli seriyasi yana davom etadi. Unda mavsum davomida 20ta gol urish uchun barchasi bor. Hozir unda hammasi yaxshi ketmoqda va unga yana imkoniyat berish kerak”, - deydi rossiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov ortda qolgan 5 ta turda o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U ayni damda Rossiya premer-ligasi to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar