Romano "Barsa"dan yana bir futbolchi ketishini e'lon qildi

  • 18.08.2026 18:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado yaqin orada jamoani tark etishi kutilmoqda. Insayder Fabrizio Romano ma’lumotlariga koʻra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi Kataloniya klubi safini tark etadigan navbatdagi oʻyinchiga aylanadi. 

Undan avval Kataloniyadan ketgan Tommi Markezning Portugaliyaning «Braga» jamoasiga oʻtishi boʻyicha kelishuv allaqachon amalga oshirilgan.

Kasadoning keyingi manzili hozircha aniq emas. Manbalarga koʻra, u haqida turli takliflar bor, ammo Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan muzokaralar hali olib borilmayapti. Futbolchining agenti Jorje Mendes hozirda mijozining kelgusi jamoasi boʻyicha faol ish olib bormoqda.

Koʻplab xabarlarga qaraganda, «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Mark Kasado bilan ochiq suhbatda unga kelasi mavsum rejalariда oʻrin yoʻqligini ma’lum qilgan. Transfermarkt portali bahosiga koʻra, yosh yarimhimoyachining transfer qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!