Ronald "An-Nasr"ga o‘zi bilan o‘ynagan futbolchini olib keladi

  • 19.07.2026 16:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning tarkibida to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni «An-Nasr» klubi yarim himoya chizig‘idagi yo‘qotish o‘rnini to‘ldirdi. 

Yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida jamoani tark etgan tajribali tayanch yarim himoyachi Marselo Brozovich o‘rniga yangi futbolchi tanlandi.

Insayder Fabrizio Romano «X» ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, Riyod klubi Ispaniyaning «Malyorka» jamoasi yarim himoyachisi Samu Koshta bilan kelishuvga erishgan. Tomonlar o‘rtasidagi bitim shartlari to‘liq ochiqlanmagan, ammo transfer bo‘yicha barcha asosiy masalalar hal etilgani aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli portugalialik futbolchi garchi unga Germaniyaning «RB Leyptsig» klubidan ham rasmiy taklif bo‘lgan bo‘lsa-da «An-Nasr» taklifini qabul qilgan. Samu Koshta hisobida Portugaliya terma jamoasi safida yetti o‘yin bor.

U 2026 yilda o‘tkazilgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Musobaqa davomida yarim himoyachi bir marta maydonga tushgan — Kolumbiyaga qarshi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida (0:0) zahiradan maydonga tushirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!