Ronalda yangi rekord o‘rnatdi. Messi havas qilsa arziydi

  • 7 oktabr, 2024, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining oltinchi turida “Al-Oruba” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgan edi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) portugaliyalik yulduzning bu goli unga yangi rekord olib kelganini ma’lum qildi.

39 yoshli Ronaldu yuqori darajadagi musobaqalarda 600-golini urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda borayotgan Lionel Messi hisobida 556 ta gol bor.

Keyingi o‘rinlarda Romario (479), Pele (456), Robert Levandovski (444), Ferents Pushkash (434), Luis Suares (423) va Zlatan Ibrohimovich (417) qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Chehran
07/10/2024 13:11
Balkim Ronaldodir muharirlaring maktab ko'rganmi? Bitta mavzuni 10 marta berishlaring yetmaganiday endi gaplarni, so'zlani chala yozishga o'tdilaringmi? Ustiga ustak sarlavhaniyam xato yozadimi? Umuman obuna bo'lganimdan afsusdaman.