Ronaldinьo Braziliya terma jamoasiga omad tiladi

  • 08.06.2026 21:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya futboli afsonasi Ronaldinьo ijtimoiy tarmoqlarda milliy terma jamoaga murojaat qildi.

Sobiq futbolchi Jahon chempionati oldidan futbolchilar va murabbiylar shtabiga omad tilab, ularni erkin va ishonch bilan o‘ynashga chaqirdi.

"Tayyorgarlik jarayonidagi o‘sha lahzalarni sog‘indim. Maydonga tezroq chiqish istagi va hayajonni juda yaxshi eslayman. Mamlakatimizni yana bir Jahon chempionatida himoya qiladigan barcha futbolchilar va murabbiylarga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Quvonch va erkinlik bilan o‘ynanglar — butun Braziliya sizlar bilan birga bo‘ladi", — deb yozdi Ronaldinьo.

Braziliya terma jamoasi mundialdagi ilk uchrashuvini 14 iyun kuni Marokashga qarshi o‘tkazadi. Keyinchalik Karlo Anchelotti shogirdlari guruh bosqichida Gayti va Shotlandiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Ronaldinьo Jahon chempionatlarida 2002 va 2006 yillarda ishtirok etgan. 2002 yildagi musobaqada u Braziliya bilan birga chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2006 yilda jamoasi chorak finalgacha yetib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!