Ronaldo Braziliyadan JCh-2026'da nima kutyapti?

  • 19.09.2025 18:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Ronaldo Braziliya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildiryotganini aytdi.

“Braziliya o‘z tarkibidagi o‘yinchilari bilan istalgan natijaga erisha oladi. Neymar bu Mundialda hal qiluvchi futbolchiga aylanishi mumkin. Bunga ishonchim komil. Hamma Neymarning 100 foiz tayyor bo‘lishini xohlaydi. Uning Jahon chempionatida ishtirok etish va terma jamoasiga yordam berish istagi juda kuchli ekani ko‘rinib turibdi. Anchelotti jamoaga doim uyg‘unlik olib keladigan ajoyib inson va mohir taktika ustasi.

Karloda Jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun hamma shart-sharoit mavjud”
, - dedi Braziliya safida ikki karra jahon chempioni bo‘lgan Ronaldo. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!