Ronaldo: "Braziliyaning oʻyinidagi hayajon sezilib turdi"

  • 16.06.2026 23:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Jahon chempionatida Marokashga qarshi bahsdan keyin ham jamoaning imkoniyatlariga ishonayotganini aytdi.

Afsonaviy futbolchi fikricha, birinchi turdagi 1:1 hisobidagi durangga asosiy sabab futbolchilarning hayajoni bo‘lgan.

"Men hali ham juda optimistman. Menimcha, birinchi o‘yin bosimi o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Ayniqsa birinchi bo‘limda juda ko‘p noaniq uzatmalar bo‘lganini ko‘rdik. Bu odatiy holat emas.

Ayrim vaziyatlarni tushunish qiyin edi, ammo ikkinchi bo‘limda jamoaning o‘yini ancha yaxshilandi.

O‘ylashimcha, hayajon Braziliya terma jamoasiga jiddiy ta'sir qildi.Anchelotti va futbolchilarning intervyularini ko‘rdim, ular ham bu bosimni his qilganlarini tan olishdi. Shundan keyin men ham hotirjam bo‘ldim.

Akhir bu Jahon chempionati. Bunday hayajonni hamma his qiladi, ayniqsa ilk bor mundialda ishtirok etayotgan futbolchilar.

Marokash terma jamoasi haqida ham alohida to‘xtalish kerak. Ular tezkor, jismonan kuchli va juda yaxshi tashkilashgan jamoa. Bizga qarshi kuchli raqib maydonga tushdi", — dedi Ronaldo.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi guruh bosqichining ikkinchi turida 20 iyun kuni Gaitiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!