Ronaldo Florentino Peresni qo‘llab-quvvatladi
"Real" afsonalari Ronaldo va Roberto Karlos klub prezidenti lavozimiga nomzod Florentino Peresning taqdimot marosimida ishtirok etdi.
Sobiq futbolchilar amaldagi rahbar nutqidan so‘ng sahnaga ko‘tarilib, zaldagi muxlislar olqishiga sazovor bo‘lishdi.
Ronaldo so‘z olib, Peresni qo‘llab-quvvatladi:
“Prezident, siz eng yaxshisiz va har doim shunday bo‘lib qolasiz”, — dedi braziliyalik sobiq hujumchi.
Uning gaplari zaldagilar, jumladan Florentino Peresning o‘zida ham kulgi uyg‘otdi. Shundan so‘ng Peres Roberto Karlosni ham so‘zga chiqishga undadi, ammo sobiq himoyachi sukut saqlashni afzal ko‘rdi.

Fikrlar