
Ronaldo: "Messi butun futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchidir"
Afsonaviy braziliyalik hujumchi Ronaldo Argentina terma jamoasining Qatardagi g‘alabasiga munosabat bildirdi. JCh-2022 final uchrashuvida janubiy amerikaliklar Frantsiyani mag‘lub etishdi.
"Messining harakatlari har qanday raqibni chalg‘itadi. Bilaman, ko‘pchilik bu finalda Leoga muxlislik qildi. Bu unga nisbatan xayrixoh xayrlashuv holati edi. U nafaqat ushbu jahon chempionatining yulduzi, balki butun futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchidir", - deyiladi Ronaldoning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, final bahsi 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Messi ikkita golga mualliflik qildi, ulardan biri penaltidan kiritilgani e’tiborga molik. Penaltilar seriyasida esa Lionel Skaloni shogirdlari frantsuzlarni mag‘lub etishni uddaladi - 4:2.
Shuningdek, Messi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo‘lsa, frantsuzlar a’zosi Mbappe 8 ta gol bilan turnirning eng yaxshi to‘purari maqomiga loyiq ko‘rildi.
Fikrlar