Ronaldo: U men uchun eng yaxshi futbolchi

  • 8 iyun, 2024, 20:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afsonaviy Ronaldo "Oltin To‘p" uchun kurashda Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi.

"U joriy mavsum "Real Madrid"da hal qiluvchi rolni o‘ynadi. Men uchun bugungi kunda u dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Vinisius bilan futbol va ba’zi mavzular haqida ko‘p gaplashaman. Menimcha, Vinisius allaqachon "Oltin To‘p"ga loyiq. Uning vaqti keldi", - dedi Ronaldo.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 ta gol urgan 23 yoshli futbolchi "Oltin To‘p"ga  asosiy davogalardan biri hisoblanadi. Agar Vinisius sovrinni qo‘lga kiritsa, Kaka, Ronaldino, Rivaldo va Ronaldodan keyin ushbu sovringa ega chiqqan beshinchi braziliyalik futbolchiga aylanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!