Ronaldu “An-Nasr” rahbariyati bilan uchrashdi. Suhbat natijalari ma’lum

  • 10 oktabr, 2024, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning “An-Nasr”ga kelishi jahon futboli yulduzlari uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l ochdi.

Yaqinda 39 yoshli to‘purar “An-Nasr” klubi rahbariyati bilan uchrashdi. Jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, tomonlar uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yana uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazgan.

Manbaga ko‘ra, muzokaralarda Saudiya Arabistoni Turizm vazirligining mutasaddilari ham ishtirok etgan.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik borasida kelishib olganlari aytilmoqda.

Ronalduning “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. Biroq portugaliyalik yulduz 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashishni maqsad qilgan. Buning uchun u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak va eng yaxshi variant “An-Nasr”dagi faoliyatini davom ettirish hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!