
Ronaldu “Barselona”ning so‘nggi transferidan hayratga tushdi
“Barselona” asosiy darvozaboni Mark-Andre ter-Shtegen og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqanidan keyin o‘z tarkibiga faoliyatini yakunlagan Voytsex Shchesnini qo‘shib oldi.
Yaqinda UEFA Millatlar ligasi doirasida Polsha va Portugaliya terma jamoalarining o‘zaro uchrashuvida polshalik darvozabon va Krishtianu Ronaldu uchrashib, “Barselona” transferini muhokama qildi.
- Sen superklubga o‘tish uchun faoliyatingni yakunlaganingni e’lon qilishing kerak ekan, bu juda hayratlanarli holat, - dedi Krishtianu Ronaldu o‘zi bilan birga “Yuventus”da o‘ynagan Voytsex Shchesniga.
34 yoshli darvozabon 27 avgust kuni “Yuventus” bilan xayrlashib, professional faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilgan edi. Biroq “Barselona” rahbariyati uni maydonga qaytishga ko‘ndirdi va 2 oktyabr kuni tomonlar professional shartnomaga imzo chekdi.
Fikrlar