Ronaldu: Buning azobini faqat o‘zim bilaman!

  • 6 sentabr, 2024, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Millatlar ligasi birinchi tur uchrashuvida Portugaliya terma jamoasi Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Tecno

Ushbu bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi rasmiy uchrashuvlarda 900-golini urdi. Ronaldu bu natijaga erishgan birinchi futbolchi sifatida tarixga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.

Yangi rekord sohibi bu borada shunday dedi:

- Bu natijaning men uchun ahamiyati juda katta. Bu ko‘rsatkichga erishishni uzoq kutdim, lekin tez orada bu sodir bo‘lishini bilardim.

Hayajondaman. Hammasi shunchaki navbatdagi natijam sifatida ko‘rinadi. Lekin buning qanchalar mashaqqatli mehnat talab qilishini, uning azobini faqat o‘zim bilaman. 900 ta gol urish uchun har kuni qattiq mehnat qilish kerak. Bu gollar faoliyatimda o‘ziga yarasha iz qoldiradi, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Krishtianu faoliyati davomida “Sporting”da beshta, “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real”da 450 ta, “Yuventus”da 101 ta, “An-Nasr”da 68 ta va Portugaliya terma jamoasida 131 ta to‘p kiritgan.

Portugaliyalik yulduz jahon futboli, terma jamoa, Evropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlarinin eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!