Ronaldу finalning eng yomon oʻyinchisi deb topildi
Osiyo Chempionlar Ligasi 2 finalida Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi Yaponiya ning "Gamba Osaka" jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mag‘lubiyatga uchragan jamoaning asosiy tarkibida 41 yoshli portugalialik Krishtianu Ronaldu maydonga tushdi. Yulduzli to‘purar butun uchrashuvni maydonda o‘tkazdi va gol urishga erisha olmadi.
“Sofascore” portali tahlilchilari Krishtianuni o‘tgan finalning eng yomon futbolchisi deb topishdi. Portugaliyalik o‘z chiqishi uchun 5,9 ball oldi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "An-Nasr" bilan ishtirok etgan 14 ta turnirning birortasida ham g‘alaba qozona olmagan.
Hujumchi 2023 yilning yanvaridan buyon "An-Nasr"da to‘p surmoqda. Uning Saudiya klubi bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Fikrlar