Ronaldu golsiz seriyasiga barham berdi

  • 29 aprel, 2023, 14:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu golsiz seriyasiga barham berdi. 

Tecno

38 yoshli forvard Saudiya Arabistoni 24-turidan o‘rin olgan "Al-Raed"ga qarshi o‘yinning 4-daqiqasida Al G‘annamning uzatmasidan keyin hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ronaldu bungacha 3 ta o‘yindan beri gol ura olmayotgandi. "Al-Hilol" (0:2), "Al-Feyha" (0:0) va "Al-Vahda"ga (0:1) qarshi uchrashuvlarda Krishtianu maydonni golsiz tark etdi.

Ma’lumot uchun, hujumchi chempionat doirasida 12 ta bahsda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 2 golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!