Portugaliya murabbiyi: “Ronaldu g‘alaba qozonishni xohlaydi”

  • 8 iyun, 2024, 18:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronalduning terma jamoaga ijobiy ta’siri haqida gapirdi.

“Ronalduning mentaliteti uni hammadan ajratib turadi. Odatda futbolchilar Yoshi o‘tgani sayin, avvaliga psixologik jihatdan engiladi, keyin ularning jismoniy holati  bosimga bardosh berolmaydi qoladi va ularning miyyasida faoliyatni yakunlash haqida qaror tug‘iladi.

 Terma jamoa Ronalduga kerak bo‘lgan narsa. Men uning muhim futbolchi bo‘lishga va o‘rin uchun kurashishga tayyor ekanligini ko‘rdim. U hammaga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Hech kim uni 39 yoshda deb o‘ylamaydi. U g‘alaba qozonishni xohlaydi va har bir daqiqadan o‘zini yaxshilash uchun foydalanadi. Jamoaga endigina qo‘shilgan yosh futbolchi uchun bundan-da yaxshi namuna bo‘lmasa kerak”, - dedi ispaniyalik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!