Ronaldu katta ishlarni boshlayapti

  • 7 iyun, 2024, 18:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni sovrinlarsiz yakunlagan “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mavsumga rejasini aytdi.

- Maqsad – har mavsum uchun bir xil bo‘ladi. Bor kuchimiz bilan harakat qilish va sovrinlarni qo‘lga kiritish. Agar imkon bo‘lsa, individual sovrinlarni ham jamlash kerak.

Biroq eng asosiy maqsadim –  haqiqiy Krishtianu qanday bo‘lsa, shuni saqlab qolish. Ya’ni, Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” maqsadlariga etishish uchun qo‘limdan kelganini qiladigan holatda bo‘lish.

O‘z darajamni ushlab qolish juda muhim va men aynan shuning harakatidaman, - dedi Krishtianu Ronaldu.

39 yoshli hujumchi mavsum davmoida 45 ta uchrashuvda 44 ta gol urdi va 13 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!