
Ronaldu keyingi mavsumni qaysi jamoada boshlashi ma’lum bo‘ldi
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum “An-Nasr” bilan nufuzli jamoaviy sovrinlarni qo‘lga kirita olgani yo‘q.
Klub bosh direktori Gvido Fien portugaliyalik yulduz kelasi mavsumni ham jamoa tarkibida o‘tkazishini ma’lum qildi.
Avvalroq, Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Germaniya chempion “Bayer” 39 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar chiqqan edi.
Ronaldu Ar-Riyod jamoasiga 2023 yili yanvarda kelgan va uning shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi.
“An-Nasr” rahbariyati portugaliyalik to‘purar bilan amaldagi kelishuvni 2026 yilning 30 iyuniga uzaytirishga harakat qilmoqda.
Ronaldu joriy mavsumbarcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol va 13 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar