Ronaldu maxsus sovrinni qo‘lga kiritadi

  • 27 avgust, 2024, 19:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari uchun atalgan maxsus mukofotni oladi.

"Sky Sports" nashri jurnalisti Kavex Solekolning xabariga ko‘ra, ushbu sovrinni topshirish g‘oyasi aynan tashkilot rahbarining o‘zidan chiqqan. Sovrinni payshanba kuni shaxsan UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinning o‘zi portugaliyalik futbolchiga topshiradi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida hozirga qadar umumiy 183 ta o‘yin o‘tkazib, 140 ta gol urgan holda turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!