
Ronaldu Mbappega qanday baho berdi?
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu sobiq jamoasi “Real”da o‘ynayotgan Kilian Mbappe jahon futbolida katta natijalarga erisha olishiga ishonishini aytdi va buning sabablarini keltirib berdi.
- Mbappe o‘z vazifasini yaxshi uddalay oladi, deb o‘ylayman. Chunki bu klubda ichki muhit to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan, ajoyib tizim tadbiq qilingan, zo‘r murabbiy va anchadan beri samarali ishlayotgan prezident bor, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Jahon futbolining eng qimmatbaho yulduzlaridan bo‘lgan Kilian Mbappe ilk bor legioner sifatida to‘p tepmoqda. 25 yoshli to‘purar ilgari Frantsiyada “Monako” va “Pari Sen-Jermen” klublari sharafini himoya qilgan.
Erkin agent sifatida Madridga kelgan frantsiyalik futbolchi “Qirollik klubi” bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Fikrlar