Ronaldu Messidan uzoqlashdi

Osiyo maydonlarida porlayotgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida to‘purarlik mahoratini namoyish qilmoqda.

Portugaliyalik yulduz “An-Nasr”ning “Al-Vahda”ga qarshi uchrashuvida raqib darvozasini uch bor ishg‘ol qilib, xet-trik qayd etdi. Bu Ronalduning oxirgi beshta o‘yindagi uchinchi xet-trigi bo‘ldi.

39 yoshli hujumchi faoliyati davomida jami 66-xet-trigini nishonladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldu Lionel Messidan yanada uzoqlashdi. "Inter Mayami"ning argentinalik futbolchi hisobida jami 57 ta xet-trik bor.

Ronaldu joriy mavsumda Saudiya Arabistoni Professional ligasida 27 marotaba maydonga tushib, 32 ta gol va o‘nta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!