Ronaldu muhim qarorga keldi

  • 18 iyun, 2024, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Germaniya mezbonlik qilayotgan Evropa chempionatida ishtirok etayotgan yoshi eng katta ikki futbolchidan biri hisoblanadi.

39 yoshli to‘purar hali xalqaro miqyosdagi faoliyatini tugatmoqchi emas.

Relevo nashrining yozishicha, Evropa chempionati Ronaldu faoliyatidagi oxirgi katta turnir bo‘lmaydi. Manbaga ko‘ra, Krishtianu 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida ham ishtirok etishga qaror qilgan.

Ronaldu futbol tarixida terma jamoalar miqyosida eng ko‘p o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini eng ko‘p ishg‘ol qilgan futbolchi hisoblanadi.

Uning hisobida xalqaro miqyosda 207 ta o‘yin, 130 ta gol va 46 ta assist bor. Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi safida 2003 yildan beri to‘p tepyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!