Ronaldu muxlislariga yana bir xushxabar!

  • 13 yanvar, 2021, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni XXI asrning milliy chempionatlardagi eng yaxshi to‘purari, deb e’lon qildi.

Tecno

Portugaliyalik hujumchi 2001 yilning 1 yanvaridan 2020 yilning 31 dekabriga qadar milliy chempionatlarda jami 462 ta gol urgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Ronaldu Portugaliya (3 ta gol), Angliya (84), Ispaniya (311) va Italiya (64) chempionatlari yuqori ligasida raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olgan.

Yangi asr to‘purarlari orasida ikkinchi o‘rinni “Barselona” tarkibida 451 ta to‘p kiritgan Lionel Messi egalladi. “Milan” sharafini himoya qilayotgan Zlatan Ibrohimovich 379 ta gol bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

IFFHS tashkiloti bu ro‘yxatga XXI asrda milliy chempionatlarda 200 ta va undan ko‘p gol urgan jami 58 nafar futbolchini kiritdi. Kuchli o‘nlik bilan tanishing:

  1. Krishtianu Ronaldu — 462 gol
  1. Lionel Messi — 451
  1. Zlatan Ibrohimovich — 379
  1. Luis Suares — 332
  1. Aleksandar Jurich — 304
  1. Ali Ashfaq — 287
  1. Robert Levandovski — 285
  1. Samyuel Eto’O — 282
  1. David Vilya — 280
  1. Martin Kamburov — 278

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!