Ronaldu nega qimmat mashinalarni sotib oladi?

  • 25.10.2021 07:55
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

SPORTS.uz Krishtianu Ronalduning "garaj"idagi mashinalar borasidagi qiziqari ma’lumotlarni taqdim etadi.

Birinchi avtomobil

Dolores xonim 30 yoshga to‘lmay, turmush tashvishlarini elkasiga olishga majbur bo‘ldi. U piyonista eri va 3 go‘dagini boqishi, kelajagi uchun qayg‘urishi shart edi. U 4-bor homilador bo‘lganini eshitgach, uni oldirib tashlamoqchi bo‘ldi. Shifokorlar rad etganiga qaramay, ayol xalqona uslubda tug‘ilajak boladan qutilmoqchi bo‘ldi. Baxtga qarshi, bu metod qo‘l kelmadi. Shunday qilib, butun oilani kambag‘allikdan 4-bo‘lib tug‘ilgan bolakay olib chiqib ketdi. Vaholanki, barchasi birdaniga sodir bo‘lmadi. Krishtianu 19 yoshga to‘lganidagina ("Manchester Yunayted" safiga borib qo‘shilgach) o‘zining ilk mashinasini sotib oldi. Bu qahramonimizning superkarlaridan farqi o‘laroq, soddagina "Audi C3 Coupe" edi. 3 yil avval negadir portugaliyalik o‘zining ilk mashinasini sotuvga qo‘ydi. Buning sababi noma’lum, biroq shunisi aniq-ki, endi uning "garaj"ida faqat va faqat qimmat mashinalarga joy bor.

posh43opsh3o4p34

Ronaldu nemislarni xush ko‘radi.

Deyarli barcha avtobrendlar ishlab chiqargan turli markadagi mashinalarni Ronalduning uyida uchratishimiz mumkin. Ular orasidagi eng qimmatlari haqida gap borar ekan, "Bugatti"ga bo‘lgan alohida e’tirofini alohida qayd etish joiz. Uning kollektsiyasidagi eng qimmat toychoqlarning aksariyati shu brend ostida ishlab chiqarilgan.

Mana ikki yildirki, Krish "Bugatti La Voiture Noire"ning ishlab chiqarilishini sabr bilan kutmoqda. Qahramonimiz kompaniyaga bu mashina uchun allaqachon 16 million evrodan ortiq pulni to‘lab bo‘lgan. Aslida, mashinaning narxi 11 million etib belgilangan edi, biroq kimoshdi savdosi barchasini o‘zgartirib yubordi. Gap shundaki, "Bugatti" brendi ushbu mashinani yagona nusxada ishlab chiqaradi. Uning "oshiqlari" esa, bunday eksklyuziv narsani qo‘ldan chiqarishni istamadi. Temir ulov tezlikni soatiga 380 kmgacha olib chiqishini inobatga olsak, uni qo‘lga kiritishni istaganlar soni ko‘p ekanligini tushunsa bo‘ladi.

щkelrщkleщrlk

Ronaldu asosan atigi 3 million evrolik "Bugatti Chiron"da shaharda harakatlanishga odatlangan. To‘g‘ri, bu mashinaning taxminiy narxi. Krish ulovlarini kuchaytirish uchun pulni ayamaydi. Yaqin yillar ichida Krishtianuning avtoolamdagi brendlar bilan yashirin shartnomasi bor ekanligi oshkor bo‘lsa, hayron bo‘lib yurmang! U sayyoramizning eng qimmat mashinalarida harakatlanganini ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yishni xush ko‘radi.

Ferari

Yaqinda u "McLaren Senna" bilan o‘z uyiga kirib kelayotgani aks etgan videoni "Instagram"ga joyladi. 1,5 million evroga baholangan "toychoq" ommaviy emasdi. Bu video internetda paydo bo‘lgach, qisqa muddatda unga bo‘lgan talab keskin ko‘tarilib ketdi. To‘g‘ri, 10, ana boring 15 million inson ko‘rgani bilan barchada mashina uchun pul yo‘q, deysizmi? Ular orasida atigi 5 ta xaridor topilsa, bu avtokonsern uchun katta daromad keltiradi.

Qahramonimizning kollektsiyasida "Porsche", "Lamborghini", "Ferrari", "Rolls-Royce" singari brendlarning "arzimagan" 300-500 ming evrolik mashinalar ham bor. Ulardan futbolchi mashg‘ulotlarga qatnash chog‘ida foydalanadi. Bu, asosan, harakatlanish uchun qulay bo‘lgan yo‘llarda qo‘l keladigan ulovlar. Shu yilning sentyabr oyida 230 ming evrolik "Bentley Flying Spur" uning "garaj"ida paydo bo‘ldi.

rogrgrgr’

Kollektsiyadagi marvarid!

ar34gra34gr43a

Bir necha kun avval Ronaldu sayyoramizdagi 10 ta insondagina mavjud bo‘lgan mashinadan birini qo‘lga kiritdi. "Bugatti Centodieci" uchun Ronaldu deyarli bir yarim yil avval 8,5 million evro to‘lab qo‘ygan edi.

lщtsulaщtsulaщutsla

Krishtianuning yangi ulovi 2,4 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. Uning tezligi soatiga 379 kmni tashkil etadi. Tan olish lozim, Krishtianu o‘z mashinalarini ham alohida did bilan tanlab xarid qiladi. To‘g‘ri, eksklyuzivlik borasida bu uning garajidagi 2-raqamli mashina, ammo hozircha, u etakchi Ronaldu mashinaning qora rangidan buyurtma bergan. Hozircha, uni omma oldida namoyish etganicha yo‘q. Balki bunga ham biror sabab bordir?! Gap shundaki, Krishtianu jahon bozorida istalgan buyumning savdosini yangi darajaga olib chiqishga qodir darajada media odamga aylanib bo‘lgan.

Ajoyib investitsiya

Yangi superkarlarni xarid qilish har doim ham daromad olib kelmaydi. O‘ziga xos tarixga ega mashinalar bundan mustasno. Ularni yillar o‘tgani sari qimmatroqqa pullash imkoniyati oshadi. Krish nima uchun bunday qimmat mashinalarni sotib olishi ko‘pchilikning e’tiborini tortgani rost.

Kimdir qiyin o‘tgan bolalikdan olinayotgan qasd, deb ataydi. Vaholanki, mashinalarning deyarli 80 foizi boshqa insonlar nomiga rasmiylashtirilgan. Bir qarashda, bu biznesga o‘xshamasligi mumkin, ammo izlansa mantiq bor. Puldor insonlar avtosalondan mashina sotib olish orqali adrenalin olmasligi aniq, biroq afsonaviy Ronaldu mingan mashinaga ega chiqishni istaganlarning soni mingta! Do‘ppini qo‘lga olib o‘ylab ko‘ring! Million evrolik mashinalarni saqlash, ularni parvarish qilish yaxshigina xarajat talab etadi. Ronalduning aktivlari dunyoning eng ishbilarmon insonlari tomonidan boshqarilishini inobatga olsak, bu pullar shunchaki sarflanganiga ishonish qiyin.

Bunday avtopark egasi hech qachon o‘zini qashshoq, deb atamaydi. Hatto, barcha pullari havoga uchib ketgan taqdirda ham, birgina mashinasini sotib umrining oxiriga qadar bemalol hayot kechirishi mumkin. Bu ulovlar kimsan 5 karra "oltin top" egasining garajidagi turganini inobatga olsak, yillar o‘tgani sari ularning narxi oshib boraveradi.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!