Ronaldu qaysi jamoani tanladi?

  • 30 may, 2021, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Uning Turindan ketishi deyarli aniq. Portugaliyalik yulduzni o‘ynatishga qodir klublar orasida “Real”, PSJ va “Manchester Yunayted”tilga olinmoqda.

Tecno

Krishtianuning ketishi ko‘p jihatdan jamoaga Massimiliano Allegri bosh murabbiy etib tayinlangani bilan bog‘liq.

Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytishni istamoqda. Portaguliyalik futbolchi aynan manchesterliklar safida yulduz darajasiga etgan. Qolaversa, “Manchester Yunayted” ham uni qaytarishga qarshi emas.

“Yuventus”ni qabul qilib olgan Allegri birinchi navbatda “Manchester Yunayted”dan Pol Pogbani qaytarmoqchi. Bu har ikki klubning transfer rejasini tezlashtirishi mumkin.

Shu o‘rinda, Ronaldu manchesterliklar safiga borishi uchun maoshi pasaytirilishiga rozi bo‘lishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Omonov Hakimjon
30/05/2021 18:02
Ronoldo otsa myu chempion boladi
Abbos Axmedov
30/05/2021 14:49
Камига икки португалийс бирга уйнайди бруно фернандеш ва Роналдо
&
Турсун Ғани
30/05/2021 13:46
Яхши бўларди МЮ га ўтса