
Ronaldu termadan qachon ketishini aytdi
“An-Nasr” klubining 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu qaysi holatda Portugaliya terma jamoasidagi xalqaro faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
- Hozir men o‘zimni terma jamoa uchun qadrli o‘yinchi ekanimni his qilyapman. Buni bosh murabbiy munosabati ham tasdiqlab turibdi.
Agar kelajakda terma jamoadagi ahamiyatimni yo‘qotsam, birinchi bo‘lib ketaman. Ketsam ham, toza vijdon bilan ketaman.
Men kimligimni, nimalarga qodir ekanimni, nima qilayotganimni va bularni qachongacha davom ettirishimni yaxshi bilaman, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Ronaldu xalqaro miqyosda eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. Portugaliya terma jamoasida 212 marotaba maydonga tushgan to‘purar raqiblar darvozasini 130 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar