Ronaldu uchta sirni ochdi

  • 20 avgust, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sermahsul o‘ynash uchun uch narsaga e’tibor qaratish lozimligini aytdi.

- Yaxshi uyqu, qattiq mehnat qilish va to‘liq tiklanish. Yangi mavsumda ham nishon shu, - dedi 39 yoshli to‘purar.

Ronaldu ketma-ket 23 mavsumdan beri usluksiz gol urib kelmoqda. Krishtianu jahon futboli tarixida eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchi hisoblanadi. Klublar miqyosida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Yuventus” va “An-Nasr”da  1014 ta uchrashuvda qatnashib, 760 ta gol va 239 ta assist qayd etgan.

Shuningdek, Portugaliya terma jamoasida 212 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 130 marotaba ishg‘ol qilgan. Har ikki ko‘rsatkich jahon rekordi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!