Ronaldу хiyonat qurboni bo'ldimi?
Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan “An-Nasr” jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasi rahbariyatini mamlakatni tark etishga tayyor ekani haqida ogohlantirdi.
Portugaliyalik yulduzning bu qarorga kelishiga chempionatdagi so‘nggi transferlardan noroziligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli to‘purar Saudiya Arabistoni Suveren jamg‘armasi (PIF) tomonidan hujumchi Karim Benzemaning “Al-Ittihod”dan “Al-Hilol”ga o‘tkazilganidan qattiq norozi. Chunki “Al-Hilol” sezilarli darajada kuchaytirildi, “An-Nasr” esa, yana e’tibordan chetda qoldi.
Ta’kidlanishicha, Ronalduning noroziligi tobora kuchayib bormoqda. Portugaliyalik futbolchi o‘zini xiyonat qurbonidek his qilyapti va Saudiya Arabistonidagi uch yillik faoliyatini yakunlashga tayyor.
Fikrlar