
Ronaldu Zidan qo‘l ostida to‘p tepadi
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatiga murojaat qilib, bosh murabbiylikka Zinedin Zidanni olib kelishni so‘radi.
OK Diario nashrining ma’lum qilishicha, portugaliyalik yulduzni hamyurti Luish Kashtru bilan ishlash qoniqtirmayapti. Ronaldu Zidan jamoani yangi yutuqlarga etaklay olishini ta’kidlamoqda.
Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan beri hali birorta nufuzli sovrinni qo‘lga kirita olgani yo‘q.
Portugaliyalik to‘purar “An-Nasr” safida sakkizta finalni boy berdi. Ronalduning o‘zi to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan bo‘lsa-da, jamoa bir maqsad yo‘lida birlasha olmayapti.
Fikrlar