
Ronaldudan zo‘rlari bor ekan
Krishtianu Ronaldu klublar va terma jamoalar miqyosida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatgan va har gal to‘p kiritiganda uning ko‘rsatkichi o‘sib boraveradi.
Statistika ekspertlari qaysi futbolchilar eng ko‘p jamoaga gol urganini ham hisoblab chiqishdi. Bu borada Ronaldudan zo‘rlari bor ekan.
E’tiboringizga kuchli beshlik haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz.
5-o‘rin: Luis Suares
Urugvaylik hujumchi o‘z yurtidan tashqari Braziliya, Niderlandiya, Angliya, Ispaniya va AQSh chempionatlarida jami 139 ta jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan.
4-o‘rin: Vagner Lav
Taniqli hujumchi Braziliya, Xitoy, Qozog‘iston, Rossiya, Frantsiya, Daniya va Turkiya ligalarida 143 ta jamoaga gol urgan.
3-o‘rin: Krishtianu Ronaldu
39 yoshli forvard Portugaliya, Angliya, Ispaniya, Italiya, Saudiya Arabistoni yuqori divizionlarida 144 ta jamoa posbonini ojiz qoldirgan.
2-o‘rin: Xalk
Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi Braziliya, Yaponiya, Xitoy, Portugaliya va Rossiya chempionatlarida 146 ta jamoa darvozasiga yo‘l topgan.
1-o‘rin: Zlatan Ibrohimovich
Bu borada shvetsiyalik forvard rekordchi hisoblanadi. Zlatan uzoq yillik faoliyati davomida Shvetsiya, Niderlandiya, Italiya, Frantsiya, Angliya, Ispaniya va AQShning 153 ta jamoasiga gol urgan.
Qizig‘i shundaki, ushbu reytingda etakchilik qilayotgan Zlatan Ibrohimovichdan tashqari barcha futbolchilar faoliyatini davom ettirmoqda va bu ro‘yxatni o‘zgartirish imkoni bor.
Fikrlar