Ronalduga ketaman, deb va’da bergandim

  • 22.05.2026 08:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiyaning “An-Nasr” jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush 2025-2026 yilgiy mavsum yakunlariga ko‘ra chempionlikni qo‘lga kiritgach, klubni tark etayotganini ma’lum qildi.

- Men “An-Nasr”ni boshqarish chaqiruvini faqat Krishtianu uchun qabul qilgandim. Men Ronalduga: “Senga chempion bo‘lishda yordam beraman, biz sovrinni qo‘lga kiritamiz, keyin esa men ketaman”, deb va’da berganman. Tamom. Men uchun hammasi tugadi. Bu “An-Nasr” boshqaruvida o‘tkazgan oxirgi o‘yinim bo‘ldi, - dedi Jorje Jezush.

Jezush 2025 yilning yozida “An-Nasr” qabul qilib olib, shayxlar bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi.

Ronaldu uchun esa bu 2023 yildan beri o‘ynab kelayotgan Saudiya jamoasi tarkibidagi ilk yirik sovrin hisoblanadi.

“An-Nasr” tarkibiga Evropada tanilgan yulduzlarni jamlaganiga qaramay, chempionlikka olti yillik tanaffusdan keyin erishdi. Riyodliiklar jami o‘n marta mamlakat chempionati g‘olibi bo‘ldi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!