
Ronalduga qarshi o‘yinda PSJdan kimlar maydonga tusha olmaydi?
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti va himoyachi Nordi Mukiele 19 yanvar kuni Ar-Riyod yulduzlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Bunga sabab jarohatlar, deya xabar beradi parijliklar matbuot xizmati.
Verattining kelasi haftadayoq maydonga tushishi kutilmoqda, ammo Mukielening ahvoli ancha murakkab. 25 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda jamoaning 17 ta o‘yinida ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Ar-Riyod terma jamoasi 19 yanvar kuni PSJga qarshi o‘ynaydi, uchrashuv Saudiya Arabistoni poytaxtidagi "Qirol Fahd" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda "Al-Nassr"ning yangi yulduzi Krishtianu Ronaldu Ar-Riyod terma jamoasini sardori sifatida maydonga boshlab tushadi.
Fikrlar