Ronalduga taklif yuboriladi

  • 16.03.2023 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“An-Nasr” sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining navbatdagi uchrashuvlariga taklif etiladi. Bu haqda The Athletic: nashri xabar tarqatdi.

Portugaliya terma jamoasi 2024 yili Germaniyada bo‘ladigan Evropa chempionatiga chiqish uchun mart oyida ikkita saralash uchrashuvini o‘tkazadi. Jahon chempionatidan keyin jamoani qabul qilib olgan Roberto Martines uchun 23 mart kuni Lixtenshteynga qarshi bahs Portugaliya terma ustozi sifatidagi dastlabki sinov bo‘ladi.

Uch kundan keyin portugaliyaliklar Lyuksemburg futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Yangi murabbiylar shtabi bo‘lajak uchrashuvlarga 38 yoshli Ronalduni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Krishtianu jahon futbolida terma jamoa uchun eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatgan. Uning hisobida 118 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!