Ronalduning davri tugadi yoxud yashasin yangi “Qirol”!

  • 13 aprel, 2021, 10:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi yillarda futbol taxtini o‘zaro talashib kelgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining yulduzli davri sekin-asta tarixga aylanib bormoqda.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.de mutaxassislar tomonidan tuzilgan eng qimmat futbolchilar reytingi ham faoliyatining so‘nggi bosqichini boshdan o‘tkazayotgan ikki to‘purarning o‘rnini yangi avlod vakillari egallayotganini ko‘rsatmoqda.

Koronavirus pandemiyasi ta’sirida vujudga kelgan iqtisodiy inqirozlar ta’siri zamonaviy futbolning eng qimmat o‘yinchisi sifatida tan olingan Kilian Mbappening narxi 20 million evroga arzonladi. Shunga qaramay, PSJ hujumchisi bugungi kunning transfer summasi eng qimmat futbolchisi maqomini saqlab turibdi.

Eng qimmat o‘yinchilar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi.

10. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) – 100 mln evro;

9. Raxim Sterling (“Manchester Siti”) – 100 mln evro;

8. Sadio Mane (“Liverpul”) – 100 mln evro;

7. Jeydon Sancho (“Borussiya D”) – 100 mln evro;

6. Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”) – 100 mln evro;

5. Neymar (PSJ) – 110 mln evro;

4. Muhammad Saloh (“Liverpul”) – 110 mln evro;

3. Erling Xoland (“Borussiya D”) – 110 mln evro;

2. Harri Keyn (“Tottenxem”) – 120 mln evro;

1. Kilian Mbappe (PSJ) – 160 mln evro.

Ushbu reytingda Lionel Messi 20-pog‘onada qayd etilgan. Uning transfer summasi 80 million evroni tashkil qilmoqda. Krishtianu Ronalduning narxi 50 million evroga pasaygani tufayli futbol tarixida rasmiy o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan portugaliyalik hujumchi kuchli yuzlikni tark etdi. Mutaxassislar Ronalduni 102-qatorga loyiq ko‘rgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!