
Ronalduning Evrodagi har o‘yini rekord!
Krishtianu Ronaldu bugungi Turkiyaga qarshi o‘yinda yana bir rekord o‘rnatdi. 39 yoshli futbolchi Evroda 19 marta ketma-ket maydonga tushib, Leonardo Bonuchchidan o‘tib ketdi.
Italiyalik himoya o‘z terma jamoasi safida Evropa chempionatlari doirasida 18 ta uchrashuvda ketma-ket maydonga tushgan edi.
Bundan tashqari, Ronaldu Turkiya bilan uchrashuvda 56 daqiqada Bruno Fernandeshning goliga assist berib Evro tarixidagi eng yaxshi asistent bo‘ldi.
Fikrlar