
Ronalduning evropalik sherigi saudiyaliklarning siri ochib tashladi
Krishtianu Ronaldu bilan birga “An-Nasr” sharafini himoya qilayotgan Emerik Laport Saudiya Arabistoni Pro-ligasi vakillarining professional darajasini tanqid ostiga oldi.
- Evropa bilan katta farq bor. Bu erda bizga va’da qilingan sharoitlarning ko‘pini yaratib berishmadi. Ochig‘i, bu erga kelganlar orasida norozi bo‘layotganlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. E’tirozlar orqali ayrim holatlar tuzatilyapti. Balki kelajakda yaxshilanib qolar.
Saudiyaliklarga ularning klublarida Evropada ko‘p narsalarga erishgan o‘yinchilarning borligi yangilik himoblanadi. Ular hali bunga moslasha olgani yo‘q.
Bu erda hatto kun tartibini tashkil qilishda ham kamchiliklar bor. Ular bunga engil qarayapti. Sizning talablaringiz ularni o‘ylantirmaydi ham. Ular o‘z qoidalari bo‘yicha o‘ynaydi. Siz biror narsa haqida kelishasiz, lekin bu shartnomada ko‘rsatilgan va tasdiqlangan bo‘lsa ham, saudiyaliklar va’dasida turmayapti. Ular biz bilan janjallashyapti. Evropada bu kabi muammolar yo‘q, - dedi Emerik Laport.
Laport o‘tgan yoz “An-nasr” bilan uch yillik shartnoma tuzgan edi. Osiyoga ko‘chib o‘tganidan beri 22 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar