
Ronalduning jamoadoshi "Real Madrid"ga o‘tishi mumkin
"Portu" va Portugaliya terma jamoasi darvozaboni Diogu Koshta "Real"ga o‘tishi mumkin, deb xabar beradi "AS" nashri.
Avvalroq, "Los-Blankos" darvozaboni Andrey Lunin Madrid jamoasida ikkinchi raqam bo‘lishni istamasligi va katta ehtimol bilan jamoani tark etishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.
Manbaga ko‘ra, Luninning agenti Jorje Mendesh yaqin 7 kun ichida "Real" vakillari bilan uchrashadi. U ukrainalik darvozabon o‘rniga bir nechta nomzodlarni taklif qilmoqchi va variantlar orasida Koshta ham bo‘lishi mumkin.
Fikrlar