
Ronalduning jamoadoshi Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkun
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Jon Duran faoliyatini Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasida davom ettirishi mumkun.
Fabritsio Romano bergan ma’lumotlarga qaraganda, 21 yoshli forvard turk jamoasi direktori bilan uchrashib transfer borasida muzokara olib borgan. Klub bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi ham kolumbiyalik futbolchini jamoada ko‘rmoqchiligi haqida gapirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Duran 2025 yilning boshida "An-Nasr" futbolchisiga aylangan edi. U yakuniga etgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida 13 ta o‘yinda 8 ta gol urgan.
Fikrlar