Ronalduning ustidan kulib tashlashdi

  • 8 iyun, 10:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va “Bavriya”ning sobiq futbolchisi Frank Reberi “An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronalduning gapiga munosabat bildi.

Tecno

Portugaliyalik futbolchi “Oltin to‘p” sohibi albatta Evropa Chempionlar ligasida o‘zini ko‘rsatgan va qit’aning eng nufuzli musobaqasida g‘olib chiqqan bo‘lishi kerakligini aytgan edi.

Frank Riberi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Nima, “Oltin to‘p”ni olish uchun Chempionlar ligasida g‘olib chiqish shartmi?” degan izoh qoldirib, uning ortida bir necha kulgili smayllarni ham qo‘shib qo‘ydi.

Frantsiyalik futbolchi bu savolni bekorga qo‘ygani yo‘q. 2013 yili FIFA va France Football “Oltin to‘p”ga Krishtianu Ronalduni loyiq topdi. Tanlovda Lionel Messi ikkinchi, Frank Reberi uchinchi o‘rinni egalladi.

Qizig‘i shundaki, Riberi o‘sha mavsum “Bavariya” safida Chempionlar ligasi, Bundesliga, Germaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan edi. Biroq “Oltin to‘p”da bu natijalar inobatga olinmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!