Rosenyor “Chelsi”ning alamli mag‘lubiyatida kim aybdor ekanini aytdi
“Chelsi” bosh murabbiyi Liam Rosenyor Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi oʻyinida “Pari Sen-Jermen”dan 2:5 hisobidagi magʻlubiyatdan keyin fikr bildirdi.
- Futbolda har qanday taktik qaror tavakkalchilik bilan bogʻliq: uzun pas avtogol bilan yakunlanishi mumkin, hujumni tashkil qilish esa qarshi hujumga sabab boʻlishi mumkin.
Yuz bergan voqea uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmamga olaman.
Bizning nazoratimizda boʻlgan paytda raqibning kutilgan golar koʻrsatkich (xG) 0,9 boʻla turib, ular besh marta gol urgani juda xafa qiladi. Buni qabul qilish qiyin.
Tahlil qilish uchun vaqt kam — biz “Nyukasl”ga qarshi navbatdagi oʻyinga, keyin esa PSJga qarshi javob uchrashuviga tayyorgarlik koʻrishimiz kerak.
Xatolar ishonchni kamaytiradi, ammo jamoadа salohiyat bor. Biz boshqa aybdorlarni izlamaymiz, lekin yoʻl qoʻyilgan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz, - dedi Rosenyor.
Qayd etilishicha, Parijdagi uchrashuvda mezbonlarning xG koʻrsatkich 0,98 ni tashkil qildi, “Chelsi” esa oʻyinni 1,73 kutilgan golar koʻrsatkich bilan yakunladi.
Fikrlar