Rosenyor: "Enzo Fernandez qaytishi jamoa uchun juda muhim"

  • 13.04.2026 14:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenyor yarim himoyachi Enzo Fernandezning jamoaga qaytayotgani haqida fikr bildirdi.

Argentinalik futbolchi ommaviy bayonotlari sabab klub tomonidan ikki o‘yinga chetlatilgan edi. Ushbu sabab "ko‘klar" uning xizmatlaridan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda foydalanа olmadi va jamoa o‘z maydonida 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Rosenyorning ta’kidlashicha, bu qaror klub manfaatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan va futbolchi bilan shaxsiy muammo yo‘q.

"Har qanday jamoaga Enzo yetishmas edi, lekin biz bu qarorni uzoq muddatli manfaatlardan kelib chiqib qabul qildik. Mening Fernandez bilan hech qanday shaxsiy muammom yo‘q. U seshanba kuni qaytib keladi. Enzo ajoyib futbolchi va yaxshi inson. Uning qaytishini intiqilik bilan kutyapman. Biz allaqachon gaplashib oldik", — dedi Rosenyor.

18 aprel kuni "Chelsi" APLning 33-turi doirasida o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!