"Arsenal" yarim himoyachisi to'rt oyga safdan chiqdi
"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenyor himoyachi Uesli Fofananing jismoniy holatiga baho berdi.
"U uzoq vaqtdan beri ilk bor hafta o'rtasidan dam olish kunlarigacha bo'lgan davrda ikki o'yinni ketma-ket o'tkazdi. Bu juda ijobiy belgi. Har bir futbolchining maqsadi — har bir o'yinda maydonga tusha olish. Hozircha biz Fofana bilan bu darajaga yetganimiz yo'q. Ammo bizdagi tibbiy shtab va ish uslubimiz bilan buni amalga oshirishimizga ishonaman", — dedi Rosenyor matbuot anjumanida.
Uesli Fofana 2022 yilda "Lester"dan "Chelsi"ga 80 million yevroga o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda himoyachi "ko'klar" safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Fikrlar