Rossiya OAVda Shomurodov haqidagi xabarlarga qanday izohlar qoldirilmoqda?

Bugun, O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida bir qancha xabarlar bong urmoqda. Rossiyaning etakchi saytlarida ham Shomurodov borasida bergan xabarlarda muxlislar fikr qoldirishda ancha faollik ko‘rsatishmoqda. E’tiboringizga Sports.ru saytidagi Shomurodov haqidagi xabarlarga qoldirilgan izohlarni namoyish etamiz.

Anna Poznyakova: Shtuttgart? Bu ikkinchi Bundesligami? Huddi, FNLdagi "Chayka" (Novoperekopskoe) klubi kabi.

Alexander Prokofev: "Real" va "Barsa" ham 100 mlrddan taklif qilishdi. Ammo Shomurodov Rostov bozoridagi palovdan voz kecholmaydi.

Sergey Yagoyan: Hurmatli agent. "Rostov" ham katta pul ishlashga qarshi emas. Faqat, mavsum yakunlanganidan so‘ng, maylimi? Sababi, uni o‘rniga munosib nomzodni xarid qilishimiz kerak va balki uni atrofida o‘yin qurishimiz ham kerakdur. Ehtimol, "Rostov" Rossiyani Evropada namoyish qilishi mumkin.

Gladiator91: Agar jamoa ChLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqsa, Shomurodovni yana yarim yilcha ushlab turishi kerak.

missMarpl: Shomurodov bilan bog‘liq vaziyatda, agentning so‘zlaridan 3 ta ma’noni tushunish mumkin.
1. Shomurodov boshidanoq "Rostov"ni vaqtinchalik variant sifatida qo‘llagan. U Evropaga yo‘l olishdagi tramplin vazifasini o‘tashini xohlagan.
(bu har qanday ambitsion o‘yinchi uchun juda o‘rinli)

2. "Rostov" Shomurodovni qo‘yib yuborishni istamayapti
(jiddiy maqsadlarini qo‘yadigan klub uchun bu juda o‘rinli)

3. Shomurodov "Rostov"dan ketishni juda ham xohlamoqda. Agar qishda bo‘lmasa, yozda aniq ketadi (Qishda agent "Rostov"ga teskari qarab ketmaydi, garchi ketishni istashsa ham)

Bu bilan demoqchi bo‘lganim: "Rostov" muxlislari ruhan tayyor turishlari kerak, Shomurodov yaqin vaqtlar ichida jamoada bo‘lmaydi.

fc-psg: Men shunday tushunaman: Shomurodovning agenti uning narxini oshirishni boshladi.

PavelAver: "Shtuttgart"ga o‘tishi kerak. Har holda jamoa kelasi mavsum Bundesligaga yana qaytadi. Germaniyada bizga nisbatan iqtidorlarni tez payqashadi.

maks44: Yozda, uni yanada narxi oshishi mumkin. Buning uchun, "Rostov" ChLga chiqishi kerak. Yaxshisi sabr qilgan va kutgan yaxshi, shunda uni 20 mlnga sotish mumkin.

Russ Ivan: Hatto O‘zbekiston va Xitoydan futbolchilar top-ligalarni e’tiborini tortmoqda. Biznikilar esa hech kimga kerak emas...

Amalfitano: Xo‘sh, "Rostov"da yaxshi narxga 2 ta futbolchi bor. Normann va Shomurodov. Shunday qili, 10 mln kam. Ayniqsa, u 15 ta yoki undan ko‘p gol ura olsa.

Alexander Norets: "Rostov" qish va ko‘p jihatdan yoz savdosi asosida yangi "bomba" tayyorlashi kerak. Biz skaut bo‘limimizga ishonamiz

Aleksandr Melnik: Agar "Rostov" chempion bo‘lsa va Shomurodov to‘purar bo‘lsa, bu fantastik va chiroyli mavsum bo‘lardi. Mana bu tarix. Vaqtlar mobaynida, futbolda mana shunday tarixlar ham bo‘lib turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
LEGIONER
16/10/2019 23:07
Bu fikrlardan shuni tushunish mumkinki Shomurodovni hamon tanishmas ekan,lekin hozircha Rostovda qolgani mavsumni tugatgani ma'qul deb o'ylayman, chunki bu darajaga yetishiga o'zining mehnati va Rostov murabbiyining mehnati singan ahir yozishdiku faqat Rostov qiziqish bildirgan deb, mavsumni to'p urar sifatida tugatsa, albatta top chempionatga ketadi u hozircha o'z klubida qolib Rostovning chempion bo'lishiga hissa qo'shib, uni birga baham ko'rishi shart.
&
Surxon turon
16/10/2019 16:56
Яхши фикирлар бӯбди
Каримджан Султанов
18/10/2019 23:45
ЗЕНИТ-РОСТОВ УЕИНИ Узб.тв.да олиб берадими?
Хаёт Юсупов
17/10/2019 13:50
Яна ура ура ми. ўзимиз болаларни бизаяпмиз.
&
AkbarAli
17/10/2019 11:34
Shomurodovga omad. U faqat top klublardan biriga o'tishi kerak.Hozircha Rostovda mavsumni oxirigacha qolib Rostov bilan birga RPL da chempion bo'lsa va Hudo hohlasa to'purarlikda hammadan o'zib ketsa Top klublar nazaridan chetdaqolmaydi deb umid qilamiz
shahram husanboyev
16/10/2019 18:13
Шомуродов кутиши керак омадини мустахкамлаб олиши шарт уни хали бутун дунйо таниди ва олкишлайди
&
Бухарский
16/10/2019 16:56
Shomurodovni qo'yib yuborishni istashmayapti ekan