Rossiya o‘rtoqlik o‘yinida Qatarni mag‘lub etdi
Rossiya terma jamoasi safarda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Qatarni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
33-daqiqada Aleksandr Golovin hisobni ochdi. 35-daqiqada Matvey Kislyak ham gol urdi - bu TsSKA yarim himoyachisining milliy terma jamoadagi ilk goli edi. Ivan Sergeev 45-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Qatar hisobidagi yagona gol 62-daqiqada Akrom Afif tomonidan kiritildi. 69-daqiqada esa Aleksey Miranchuk Rossiyaning to‘rtinchi golini kiritdi
Fikrlar