
Rossiyalik bokschi WBA ikkinchi engil vazn toifasida vaqtinchalik chempion deb e’lon qilindi
Rossiyalik bokschi Albert Batirgaziev IBA Night of Champions turnirida oqshomning asosiy jangida irlandiyalik Jono Kerrollni to‘qqizinchi raundda nokautga uchratdi va Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) talqini bo‘yicha ikkinchi engil vazn toifasida vaqtinchalik jahon chempioniga aylandi.
Bundan avval Batirgaziev dekabr oyida Dubayda o‘tkazilgan boks oqshomida Olimpiya o‘yinlari sovrindori, uch karra jahon chempioni kubalik Lazaro Alvaresni hakamlarning yakdil qaror bilan mag‘lub etgandi.
Kerrollning so‘nggi rasmiy jangi esa mart oyida Dubayda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda u kolumbiyalik Migel Marriagani mag‘lub etgandi. Irlandiyalik bokschida chempionlik jangini o‘tkazish tajribasi bor edi. U bundan avval 2019 yil mart oyida IBF chempionlik kamari uchun kurashda amerikalik Tevin Farmerga mag‘lub bo‘lgan.
Fikrlar